💪 Birlashsak— kuchmiz!
2026-09-08 16:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan Farg‘ona shahrida yoshlar va bolalar uchun qulay hamda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish borasida ezgu tashabbus amalga oshirilmoqda.
📍 Farg‘ona mahallasining Aviasozlar ko‘chasida mahalla raisi bosh boʻlib, shahar yoshlar yetakchilari birlashib, hashar yo‘li bilan workout va bolalar maydonchasini barpo etmoqda.
🤝 Ushbu tashabbusning ahamiyatli jihati — yoshlar yetakchilarining o‘zaro hamjihatligi, tashabbuskorligi va jamoaviy mehnati orqali mahalla hududini yanada obod qilishga hissa qo‘shayotganidadir.
🏋️♂️ Yangi tashkil etilayotgan workout maydonchasi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
🛝 Bolalar maydonchasi esa mahalla farzandlari uchun maroqli hordiq chiqarish va faol o‘yinlar bilan shug‘ullanish uchun qulay maskanga aylanadi.




