2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
2026-08-24 14:30:00 / Yangiliklar

2026–2027-o‘quv yiliga ta’lim muassasalarini puxta tayyorlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida Farg‘ona shahridagi “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan hamda ayni paytda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Shahar hokimi, shahar prokurori hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida shahardagi 13-, 16-, 19-, 29-, 31-, 32- va 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida maktablardagi sinfxonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash hamda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.









