Fuqarolar murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi muhokama qilindi
2026-08-14 14:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona shahar hokimligida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi boshlig‘i Abduxoshim Abdullaevich hamda viloyat hokimligining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M. Axunjonova ishtirok etdi.
Yig‘ilishda murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ijro nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qayta o‘rganishlar va murojaatlar soni oshgan mahallalar alohida tahlil qilinib, ulardagi muammolarni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.



