Farg‘ona shahar 1-son sport maktabi faoliyati bilan tanishildi
2026-07-09 12:00:00 / Yangiliklar
Farg‘ona shahar 1-son sport maktabi faoliyati bilan tanishildi

Farg‘ona shahridagi 1-son sport maktabi faoliyati bilan tanishilib, muassasada yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari hamda sport infratuzilmasining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida murabbiylar va sportchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sport maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mashg‘ulotlar sifatini oshirish va sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi



