Murojaatlar ijrosi va nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-07 15:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona shahrida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Prezidentning Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi rahbari oʻrinbosari, shahar hokimi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, qonuniy va sifatli ko‘rib chiqish, ularning ijrosini ta’minlash va nazoratni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashdagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, tizim samaradorligini oshirish hamda fuqarolar muammolarini tezkor hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish va fuqarolar roziligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




