Shahar infratuzilmasini yaxshilash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda.
2026-06-15 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
665-sonli qarori asosida Farg‘ona shahrida yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inidagi Fuzuliy, 8-Mart, Patxoz va Feruz ko‘chalarida jami
2 135 metr masofada asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu bunyodkorlik ishlari natijasida mazkur hudud aholisi uchun yanada qulay va zamonaviy yo‘l infratuzilmasi yaratildi.
Shuningdek, shaharning Afrosiyob mahalla fuqarolar yig‘inidagi Oqibat va Yangi Yer ko‘chalarida ham jami
1 054 metr yo‘l asfaltlashtirilib, foydalanishga topshirildi.
Ayni paytda Farg‘ona shahrining boshqa mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham tasdiqlangan dastur asosida asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.






