Bino-inshootlar va sanoat yo‘nalishi bo‘yicha energiya auditorlarini sertifikatlash imtihonida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi
2026-06-01 16:25:00 / Yangiliklar

E’LON
Bino-inshootlar va sanoat yo‘nalishi bo‘yicha energiya auditorlarini sertifikatlash imtihonida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Arizalar esma.uzex.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Imtihon sanasi: 2026-yil 6-iyun
Imtihon vaqti: soat 10:00
Imtihon o‘tkaziladigan manzil:
Andijon davlat texnika instituti, Qurilish muhandisligi va elektroenergetika fakulteti, 310-auditoriya.
Mo‘ljal: Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi.
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 5-iyun kuni soat 18:00 ga qadar
Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Bino va inshootlar yo‘nalishi bo‘yicha:
- belgilangan 48 soatlik maxsus o‘quv dasturini to‘liq tamomlagan bo‘lishi;
Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha:
- belgilangan 144 soatlik maxsus o‘quv dasturini to‘liq tamomlagan bo‘lishi talab etiladi.
Imtiyozli tartibga ko‘ra, quyidagi toifadagi nomzodlarga 48 soatlik (bino va inshootlar) hamda 144 soatlik (sanoat) maxsus o‘quv dasturlarini tamomlagan bo‘lish talabi tatbiq etilmaydi va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon bosqichiga qo‘yiladi:
- “Energetika”, “Elektrotexnika”, “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish texnologiyasi”, “Elektronika” yo‘nalishlari bo‘yicha fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar;
- Energiya auditi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar.
‼️Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga belgilangan tartibda Energiya auditori sertifikati beriladi.
Ariza yuborish tartibi:
- esma.uzex.uz platformasiga OneID orqali kiring;
- Shaxsiy kabinetdagi “Imtihon uchun ariza yuborish” bo‘limiga o‘ting;
- So‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldirib, arizani yuboring.
Murojaat uchun telefon:
+998 55 514 00 00 (ichki: 05621)
Energiya auditorlik sertifikatini qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
