Qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
2026-05-01 18:05:00 / Yangiliklar

Har bir millatning tarixi uning milliy oʻzligi, qadriyatlari va ajdodlar xotirasi bilan chambarchas bogʻliq. Afsuski, XX asrning 30 yillarida yuz bergan siyosiy qatagʻonlar minglab begunoh insonlarning taqdiriga ogʻir zarba berdi.
Energiya samaradorligi milliy agentligida qatagʻon qurbonlari xotirasini yod etish maqsadida “Vatan Sizni hech qachon unutmaydi!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy yigʻilish tashkil etildi. Tadbirda tarixiy maʼlumotlar taqdim etildi, qatagʻon yillaridagi mudhish voqealar, 1937–1938-yillarda yuz bergan qirgʻinlar haqida soʻz yuritildi.
Tadbir doirasida videofilm namoyish etildi. Unda qatagʻon siyosatining ayanchli oqibatlari, begunoh insonlarning qismati, ularning Vatan va istiqlol yoʻlidagi kurashi taʼsirchan lavhalar orqali ochib berildi.
Yigʻilish davomida Toshkent shagʻrida joylashgan Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati haqida ham maʼlumot berildi. Muzeyda jamlangan hujjatlar va eksponatlar orqali qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyati keng yoritilmoqda.




