Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi
2025-03-01 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining devonxona mudirlari hamda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limlari boshliqlari uchun navbatdagi qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursi bir oy davomida 5 ta bosqich bo‘yicha olib borildi. Unda respublikamizdagi 159 ta davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining 276 nafar devonxona mudirlari, ijro intizomi va murojaatlar bo‘yicha ishlash bo‘limi boshliqlari malaka oshirdilar.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan topshirildi.