Oʻzbekiston olima ayollar forumi oʻtkazildi
2025-02-11 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

– Bugun Oʻzbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunini nishonlayapmiz, – dedi S. Mirziyoyeva oʻz nutqida. – Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman. Raqamlarning oʻzi aytib turibdi: Oʻzbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini koʻrsatadi. Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yoʻlida birgalikda harakat qilamiz!
Tadbirda “Olima ayollar” tanlovi gʻoliblariga sertifikatlar topshirildi. Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoniga asosan ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yoʻnalishlari doirasida tashkil qilinib kelinmoqda.
2021-2024-yillarda tashkil qilingan “Olima ayollar” tanlovi doirasida 620 ta loyiha kelib tushgan boʻlib, 16 ta yoʻnalishdagi umumiy qiymati 82,6 mlrd. soʻm miqdoridagi 101 ta loyiha saralab olingan va moliyalashtirilgan.
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida 2024-yilda eʼlon qilingan 86-tur “Olima ayollar” tanloviga 342 ta loyiha kelib tushgan. Texnik ekspertiza jarayonida 202 ta loyiha keyingi bosqichga tavsiya qilinmagan, 140 ta loyiha ilmiy ekspertiza bosqichiga oʻtkazilgan. Loyihalarning har biri 19 ta mahalliy va 2 ta xorijiy ekspertlardan iborat olimlar jamoasidan tashkil topgan Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan muhokamadan oʻtkazilgan. Natijada 85 ta loyiha moliyalashtirishga tavsiya qilinmagan, 55 ta ta loyiha keyingi bosqichga oʻtkazilgan.
Yakuniy holat boʻyicha 55 ta loyiha barcha talablarga javob berib Vazirlik huzuridagi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashida moliyalashtirish tasdiqlanadi.
Tavsiya etilgan loyihalar yoʻnalishlari boʻyicha Arxitektura qurilish dizayn va shaharsozlik yoʻnalishida 2 ta, Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari yoʻnalishida 7 ta, Biologiya va biotexnologiya fanlari yoʻnalishida 3 ta, Filologiya va ijtimoiy fanlar yoʻnalishida 1 ta, Iqtisodiyot fanlari yoʻnalishida 4 ta, Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya va nanotexnologiyalar yoʻnalishida 7 ta, Matematika, fizika va mexanika fanlari yoʻnalishida 2 ta, Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari yoʻnalishida 2 ta, Pedagogika va psixologiya fanlari yoʻnalishida 2 ta, Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari yoʻnalishida 2 ta, Tarix va arxeologiya fanlari yoʻnalishida 1 ta, Texnika fanlari yoʻnalishida 7 ta, Tibbiyot fanlari yoʻnalishida 5 ta, Veterinariya va chorvachilik yoʻnalishida 4 ta va Yer toʻgʻrisidagi fanlar yoʻnalishida 6 ta loyiha moliyalashtirish belgilandi.
Moliyalashtirish belgilangan 55 ta loyihalarning umumiy qiymati 44,7 mlrd. soʻm miqdorida boʻlib, ularning 800 mln. soʻmni, olimalarning oʻrtacha yoshi 45 yoshni tashkil qilmoqda.