Ekologiya vazirligida “Yer vaqti” qanday o'tkazildi?
2025-03-25 18:00:00 / Yangiliklar

Ayni vaqtda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muhimligini, ulardan oqilona foydalanish zarurligini eslatish maqsadida ramziy ishora sifatida vazirlik binosi, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.
“Yer vaqti” aksiyasi har yili butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarni birlashtirib, ularga har bir inson uchun ekologik mas’uliyat muhimligini eslatib turadi. Vazirlik barchani yiliga bir soat bilan cheklanmasdan, har kuni tabiiy resurslarni asrab-avaylashga chaqiradi!
Shunisi e'tiborga loyiqki, elektr quvvati bir soat davomida o'chirilsa, hudud va sharoitga qarab yashash tarzining bir necha jihatlariga ta'sir qilishi mumkin.
✅ Energiyani tejash — kam miqdorda bo'lsa ham, lekin millionlab insonlar tomonidan qilinsa, ta'siri sezilarli bo'ladi.
✅ Elektr tarmog'idagi bosimni kamaytirish, ayniqsa, eng yuqori soatlarda muhim.
✅ CO₂ tashlamalarining kamayishi — agar qazib olinadigan yoqilg'ilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarilsa, uni vaqtincha o'chirib qo'yish uglerod izini kamaytiradi.
✅ Ekologik muammolarga e'tibor — insonlar resurslarni oqilona iste'mol qilish haqida o'ylashadi.