“Dolzarb 10 kunlik”: hududlar chiqindilardan tozalanmoqda
2025-01-03 20:00:00 / Yangiliklar
Tadbir davomida 124 ta sanitar tozalash korxonasi xodimlari tomonidan respublikaning 800 263 ta mahalla hududlarida qator samarali ishlar amalga oshirildi.
Xususan, shahar va tumanlar jamoat joylari, mahallalar, markaziy ko‘chalar va boshqa hududlar tozalanib, respublika bo‘yicha jami 94 900 tonna miqdoridagi chiqindi olib chiqib ketilib, bartaraf etildi. Buning uchun tozalash ishlariga jami 2746 ta texnika vositasi jalb qilindi.
Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda davlat Ekologik nazorat inspektorlari ishtirokida aholi o‘rtasida atrof-muhitni ifloslantirmaslik, chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlash kerakligi borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarning chiqindi xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlari ham o‘rganilib, muammolar bartaraf etilmoqda.
Jumladan, 25-dekabrdan bugunga qadar jami 314 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 294 tasi ijobiy hal etilgan, 20 tasi esa o‘rganish jarayonida.
Barcha hududlarda bu kabi chiqindilardan tozalash ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Unutmang! Atrof-muhitni muhofaza qilishga hammamiz birdek mas'ulmiz. Shunday ekan, yurtimizni ozoda saqlashga o‘z hissangizni qo‘shing, chiqindilarni duch kelgan joyga emas, faqat belgilangan joylarga tashlang!