Raqamli texnologiyalar vazirligi ISO 37001:2016 hamda 9001:2015 xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi
2023-11-30 09:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Sertifikatlarni “СERT International” Xalqaro sertifikatlash tashkiloti direktori Marat Xabibulin topshirdi.
Ta’kidlash joizki, vazirlik o‘z faoliyati davomida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning halol va shaffof ish yuritishiga erishish borasida samarali
Xususan, vazirlik tizimida jami 238 nafar xodimlar dastlabki, umumiy, korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha maxsus, soha mutaxassislarini chuqurlashtirilgan maxsus o‘quv kurslarida tahsil olishdi.
Shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida vazirlik markaziy apparati va hududiy sho‘balaridan jami 70 nafar, vazirlik tizimidagi agentlik, inspeksiya, aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalaridan 200 nafardan ortiq xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘qitildi. Xalqaro standartlarni joriy qilish borasida bosqichma-bosqich tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Vazirlikda amalga oshirilgan ishlar samarasi ularoq, joriy yil sentyabr-oktyabr oylarida vazirlik markaziy apparatida “СERT International” xalqaro sertifikatlash tashkilotining xalqaro auditorlari tomonidan xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi o‘tkazildi va audit yakunlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar taqdim etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ushbu maqsadli sa’y-harakatlar, o‘quv treninglar hamda o‘tkazilgan xalqaro audit tekshiruvlari natijasida vazirlik markaziy apparati faoliyati ijobiy baholanib, “СERT International” Xalqaro sertifikatlash tashkiloti tomonidan 2 ta xalqaro sertifikatga munosib ko‘rildi.
E’tiborlisi, ushbu sertifikatlarga vazirlik markaziy apparati menejment tizimi xalqaro standart talablarini hamda sifat menejment tizimini joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilishi natijasida erishilganini alohida qayd etish joiz.
Mazkur xalqaro sertifikatlarning qo‘lga kiritilishi, avvalo, vazirlik biznes jarayonlarga hamda sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Hozirgi transformatsiya jarayonlarida esa xorijiy hamkorlarni yanada ko‘proq jalb etishga, shuningdek, vazirlikning qat’iy mexanizm asosida ishlashiga xizmat qiladi.