Korrupsiyaga qarshi kurashish, raqobat qonunchiligi, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
2023-11-29 19:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Mazkur seminar-treningda Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati, shuningdek, vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbar-xodimlari ishtirok etdi.
Unda tashkilotlarda davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavf-xatarlarni aniqlash va oldini olish, Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi masalalari bo‘yicha mahalliy ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, Davlat budjeti g‘azna ijrosi jarayonida Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirlik va idoralarning ichki audit xodimlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Monopoliyaga qarshi siyosat va unga amal qilish, raqobat qonunchiligi va uning buzilish ehtimollari bo‘yicha tushunchalar berildi.