MasterCard vakillari bilan kelgusida samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2025-02-07 16:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari O. Umarov MasterCard kompaniyasining MDH bo‘yicha bosh menejeri Sulaymon Sozeri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston elektron tizimlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazirlik tomonidan IT Park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imkoniyatlar va soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, tomonlar hamkorlikning keyingi bosqichlari, jumladan, startap ekotizimini rivojlantirish va qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
MasterCard’ning MDH bo‘yicha bosh menejeri Suleymon Sozeri kompaniyaning strategik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib, MasterCard tomonidan rivojlantirilayotgan va sarmoya kiritilayotgan sohalarni taqdim etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro samarali muloqot uchun bir-birlariga minnatdorlik bildirib, kelgusida samarali hamkorlik qilishga umid bildirdilar.