Tokio shahrida Yaponiyaning IT va raqamli ta’lim yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2024-08-05 18:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Tadbirda 20 dan ortiq kompaniyalarning 40 ga yaqin vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning o‘sib borayotgan iqtisodiyoti, xorijiy mamlakatlar bilan amalga oshirayotgan yirik loyihalari, IT salohiyati, madaniyati, turistik jozibadorligi va boshqa turli yo‘nalishlar bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari tomonidan taqdimot qilindi.
Kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonning milliy kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlash, o‘z faoliyatlarini O‘zbekistonda tashkil etish hamda Vazirlik bilan hamkorlik qilish yuzasidan katta qiziqish bildirildi.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilariga Yaponiyaning “CAL”, “CICC”, “Gakusho”, “H&K”, “Ringo” va “Digital Knowledge” kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonda olib borayotgan faoliyati yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, ishtirokchilar raqamli ta’lim sohasida va IT xizmatlarni rivojlantirish yo‘nalishida O‘zbekistonda yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, uchrashuv yakunida barcha kompaniyalar joriy yilning 17-20-sentyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ICT Week 2024 haftaligida ishtirok etishga taklif qilindi.
Tadbir davomida “SICC”, “Allnippon”, “Toppan”, “Developtania “Ringo Entertainment” va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.