Hokimiyat haqida

1. Denov tarixi.
Denov shahri (1958 y. dan) Denov tumani markazi. Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shahar Surxondaryo va Sangardak daryolari oralig‘ida, dengiz sathidan qariyb 600 metr balandlikda joylashagan bo‘lib Termiz shahrigacha bo‘lgan masofa 156 kilometrni tashkil etadi. Yiliga 360 mm yog‘in tushadi.
Denov shahri Markaziy osiyo mamlakatlaridagi qadimiy shaharlaridan biridir. Yozma manbalarda 14-asr oxirlaridan «Dehinav» shaklida, ya’ni «Yangi qishloq» mazmunida tilga olingan. Mahmud ibn Vali (17-asr) ning yozishicha, Dehinav ajoyib bozori, katta masjidi va xonaqosi bo‘lgan mustahkam qal’a shahar hisoblangan.
Ba’zi tadqiqotchilar Chag‘oniyon shahri Denov o‘rnida bo‘lgan deb hisoblashgan. Arxeologlarning aniqlashiga ko‘ra Chag‘oniyon shahri aslida Denovdan 6 km janubiy-sharqda joylashgan Budroch manzilgohi o‘rniga to‘g‘ri keladi. Denovning hozirgi o‘rnida miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida manzilgoh bo‘lgan.
Mo‘g‘ullar istilosidan keyin Chag‘oniyon shahri mavqei pasayib ketgach, temuriylar davrida Dehinav asosiy markazlardan biriga aylangan. Arxeologik topilmalar Denov qal’asi 15-asrga oidligini, uni mustahkam qo‘rg‘on bo‘lganligini tasdiqlaydi. Denov qal’asi murakkab me’morlik obidasi bo‘lib, chor atrofida handaq qazilgan. Qal’aning diametri 110 m bo‘lib, qalin devor bilan o‘ralgan.
Denov 17-18 asrlarda Buxoro xonligi tarkibida karvon savdosining markazlaridan bo‘lgan, shaharda hunarmandchilikning yuzdan ziyod turi ayniqsa ko‘n-charm tayyorlash, etikdo‘zlik, to‘quvchilik, zardo‘zlik, qandolatchilik, o‘yinchoqsozlik va h. k. rivojlangan.
1907 yilda Denovda amirning soliq siyosatiga qarshi yirik xalq harakati bo‘lib o‘tgan. 1920 yilda Denovda sho‘rolar hokimiyati o‘rnatilgach, hunarmandchilik ustaxonalari yopilib, shaharga savdo mollari kelishi to‘xtab qoldi. 1925 y. Denov orqali o‘tuvchi Termiz—Dushanba temir yo‘li qurildi.
Denov shahrida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari “Surxonsfattekstel” mchj, «Denov oltin don», “Denov vino aroq” A/J korxonalari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan.
Denovda, hunarmandlar ayniqsa sandiqsozlikni san’at darajasiga ko‘tarishgan.
2. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Tashkil topgan sana – 1926 yil 29 sentyabr, maydoni - 1,15 ming kv.km (114 ming 611 ga), chegara uzunligi – 155,8 km, Sho‘rchi tumani (9,2 km), Oltinsoy tumani (41,1 km), Sarosiyo tumani (49,2 km), Uzun tumani (30,3 km) va Qumqo‘rg‘on tumani (26,0 km) bilan chegaradosh.
Aholisi – 420,2 ming kishi, mahallalar soni - 98 ta, xonadonlar soni – 71,9 ming ta, oilalar soni – 105,5 mingta. Milliy tarkib: o‘zbeklar (83,3%), tojiklar (15,3%), turkmanlar (0,1 %), ruslar (0,4%), boshqa millatlar (0,9%).
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari paxtachilik, bog‘dorchilik, tokchilik, limon yetishtirish va boshqalar. Tog‘ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan bug‘doy va arpa) bilan shug‘ullaniladi. 12,7 ming gektar yerga paxta, 10,1 ming gektar yerga g‘alla ekiladi. Sug‘oriladigan yerlar 24,7 ming gektar. Yaylovlarda qoramol, qo‘y (jumladan, hisor qo‘ylari) boqiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlari jami, 5784 ta, shundan qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik faoliyati bilan 2113 ta, sanoat 623 ta, qurilish 240 ta, savdo 1513 ta, tashish va saqlash 159 ta, yashash va ovqatlanish 272 ta, axborot va aloqa 65 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 83 ta, boshqalar 716 ta, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar – 9 ta.
Sanoat mahsulotlari i/ch 643,8 mlrd.so‘m, 106,1%, xizmat ko‘rsatish 1 421,9 mlrd.so‘m, 110,6%, xalq iste’moli mollari i/ch 246,6 mlrd.so‘m, 111,4 %, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar – 6,3 mln.doll., sanoat mahsulotlari eksporti – 4,3 mln AQSH doll., meva-sabzavot eksporti 14,5 mln. AQSH doll (36,3%).
Kichik biznes sub’yektlariga ajratilgan kreditlar – 221,5 mlrd.so‘m va “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida ajratilgan kreditlar – 86,0 mlrd.so‘m.
Ijtimoiy masala.
Maktablar – 109 ta, maktabgacha ta’lim tashkilotlari – 370 ta (qamrov 50%), tibbiyot muassasalari – 22 ta, axborot resurs markazlari – 2 ta, masjidlar – 14 ta, yangi ish o‘rinlari 42 866 ta.
Ishsizlik darajasi – 8,4%, ishsizlar – 13 864 kishi, xorijga ishlashga ketgan – 18 778 kishi. Mahalliy byudjetga tushum reja – 131,7 mlrd.so‘m, amalda 137,8 mlrd.so‘m (105,4%)
Gaz bilan ta’minlanish darajasi – 100%, tabiiy gaz -32,1%, suyultirilgan gaz – 68,9%, markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi – 60,6%.
Yirik yo‘l-transport infratuzilmasi va loyihalari.
Termiz-Dushanbe xalqaro avtomobil yo‘li 31 km tuman hududidan o‘tgan, tuman markazida temir yo‘l vokzali mavjud, unda kuniga Sariosiyo – Termiz 3 marta, Termiz – Sariosiyo 3 marta, kuniga Toshkent – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent 2 marta, haftasiga bir marta Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poyezdlar yo‘nalishi mavjud.
a) Darband-Denov (Boysun, Bandixon, Jarqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlari) avtomobil yo‘lining 113 km 2 tasmali asfaltbeton qoplamadan 4 tasmali syementbeton qoplamaga o‘tkazilgan holda rekonstruksiya qilish boshlangan, ob’yektning qiymati 227,3 mln. dollar, bugungi kunda yer ishlari va yo‘l asosini tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
b) Sariosiyo tumani Bog‘cha aholi punktidan Shaxrisabz tumani Kamar kishlog‘iga olib boruvchi 2-toifali 78 kilometr uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lini qurish ishlari boshlangan, ob’yektning qiymati 522,7 mlrd.so‘m, 2022 yilda boshlangan 2026 yilda bitkaziladi.
Mazkur ob’yektning 5 km qismida tog‘larni portlatish ishlari, yer ishlari, asos qurish ishlari sun’iy inshootlarni qurish ishlari, yo‘l chetlariga tayanch devorlarini qurish ishlari davom etmoqda.
3. Turizm salohiyati.
1. Tumanda 74 ta arxeologiya yodgorliklari, 2 ta arxitektura yodgorliklari, 8 ta monumental san’at yodgorliklari va 7 ta diqqatga sazovor joylar hamda turistik salohiyati yuqori bo‘lgan ob’yektlar mavjud.
Masalan mil.avv. 1 – miloddan aavalagi 3 asrlarga oid “Xolchayon”, mil.avv 1-milodiy 15 asrlarga oid “Budrachtepa” Buddizm, Kallaminor yodgorliklari, 16 asrga oid Said otaliq madrasasi, Xoja Alouddin Attor, Sulton Sanjar Moziy” maqbaralari, 16 asrga oid Xo‘ja Barkux maqbarasi va 16 asrga oid “Qoraxonbobo” kabi Islom ziyoratgohlari hamda milodiy 16 asrga oid “Denov qal’asi” Tarixiy-me’moriy yodgorliklari mavjud.
2. Hududda buddizm madaniyatiga oid “Xolchayon tepa”, “Budrach tepa” hamda “Qorabog‘ tepa” kabi arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lib, Yaponiyalik marhum olim Kyudzo Kato tomonidan arxeologik o‘rganishlar o‘tkazilgan, ushbu arxeoligik o‘rganishlar davom ettirilib sayyoxlar uchun infratuzilma barpo etilsa mazkur ob’yektlarga Yaponiya, Janubiy Koreya hamda Xitoy kabi davlatlardan sayyohlar soni ortadi.
3. Tumanda 4 ta mehmonxona (183 o‘rin), 1 ta xostel (30 o‘rin), 13 ta oilaviy mehmon uyi (117 o‘rin), jami joylashtirish vositalari 21 taga, ulardagi yotoq joylari 355 o‘rindan oshgan. Shuningdek 1 ta “Denov Yevroaziya” 3 yulduzli zamonaviy mehmonxona tashkil etilgan.
Tuman hokimligining ma’lumotlariga ko‘ra joriy yilda “Zarin” x/k tomonidan qiymati 5,5 mlrd. so‘mlik (48 o‘rinli), “Ramz hamkor” MCHJ tomonidan qiymati 3,5 mlrd. so‘mlik (22 o‘rinli) mehmonxonalar foydalanishga topshiriladi.
“Jasmin Sarbon” MCHJ tomonidan 2024-2025-yillarda 8,0 mlrd. so‘mlik 66 o‘rinli hamda “Habibullo-Xotel-Orom” MCHJ tomonidan2024-2025-yillarda 10,0 mlrd. so‘mlik 45 o‘rinli mehmonxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
4. Tojikiston fuqarolari tumanga tibbiy xizmat uchun tashrifini hisobga olib, tibbiyot turizimini rivojlantirish doirasida xususiy davolash va diagnostika markazlari soni 54 taga yetkazilgan.
Joriy yilda 2 ta yirik xususiy davolash va diagnostika markazi yangidan tashkil etiladi.
5. Tuman markazidagi sobiq dehqon bozorining 3.2 gektar yer maydoni o‘rnida sayilgox, mehmonxona yirik savdo kompleksi, amfiteatr, madaniyat saroyi, zamonaviy ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etishni jadallashtirilgan.
