“Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi tadbirlarda Denov tumani Yoshlar ishlar bo‘limi rahbari Fazliddin Xolov boshchiligida mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar Termizdagi meʼmoriy yodgorliklarda sayohat uyushtirdi
2025-06-23 19:00:00 / Yangiliklar

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Musulmonlar uchun muqaddas boʻlgan Al Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi Termiz shahrining chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi, turli falsafiy va diniy asarlar muallifi, darveshlar jamoasining yaratuvchisi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakimiy at-Termiziy maqbarada dafn etilgan. Majmua Abu Abdulloh Muhammad Hakim Termiziy (taxminan 750—760 Termiz – 869) nomi bilan bogʻliq. Bu maqbarada Termiziyning qabri joylashgan. Termiziy meʼmoriy majmui asrlar davomida bir necha bor qayta qurilgan. Bugugi kunda bu majmua vohaliklar va viloyat mehmonlari uchun asosoiy ziyorat manzilgohlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur sayohat yoshlar qalbida tarixiy merosimizga nisbatan hurmat va e’tibor hissini kuchaytirishga xizmat qildi.
