Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘idan so‘ng
2025-04-13 08:40:00 / Yangiliklar
Barcha hududlarda bahorgi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida "Bir haftalik ommaviy hashar"ni o'tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov boshchiligida "Bir haftalik ommaviy hashar" ishlarini boshlash tashkillashtirildi. Hashar doirasida tumanning barcha hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Hashar doirasida tumanning barcha hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Barcha fuqarolarimizni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga hamda yashash hududlarimiz, mahallalar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalar va xiyobonlarning obodligi va ozodaligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shishga chaqiramiz.
