“Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
2026-10-03 19:00:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi raisi Azamat Xolmatov, 29-“Nomozgoh” saylov okrugidan saylangan deputat Mamadi Abduraimov hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Begzod Tangirov tomonidan “Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

- O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolarining hududda amalga oshirayotgan ishlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
- Shuningdek, ijtimoiy masalalarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar bilan manzilli ishlash holati ko‘rib chiqilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.


