Xalq dardiga quloq tutish — burchimiz
2026-08-07 12:45:00 / Yangiliklar

Ushbu qabulda tuman hokimi Anvar Normamatov hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etib, fuqarolarning hayotiy masalalarini atroflicha o‘rgandilar.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan uy-joy ta'miri va uy-joy bilan ta'minlash, kiridetdagi qarzdolikni to'lash, bandlik, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlar sifati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi hamda huquqiy yordam olish kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, ijobiy yechim topdi. Xususan, tibbiy ko‘rik va sog‘liqni saqlash masalalari bilan bog‘liq murojaatlar zudlik bilan hal etildi. Chuqurroq o‘rganish va muddat talab etiladigan masalalar yuzasidan esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi tuman hokimligi nazoratiga olindi.








