Fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat
2026-08-01 09:30:00 / Yangiliklar

#Qabul
Denov tumani hokimi Anvar Normamatov hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joyni ta’mirlash va uy-joy bilan ta’minlash, kredit qarzdorligini to‘lash, bandlik, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlar sifati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda huquqiy yordam olish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida ko‘rib chiqilib, amaliy yechim topdi. Xususan, tibbiy ko‘rik va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq ayrim masalalar zudlik bilan hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.



