Denov tumani hokimi Anvar Normamatov tomonidan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi
2026-05-16 11:30:00 / Yangiliklar

Xususan, uzoq yillar davomida ahil yashab kelayotgan oilalardan 10 nafari, pedagog oilalardan 6 nafari, mahalla hayotida faol ishtirok etayotgan 3 nafar hamda tadbirkor oilalardan 1 nafari munosib deb topildi.
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Farovon oila sari” oyligi doirasida jamiyatda o‘z o‘rni, namunali hayot tarzi va ijtimoiy faolligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan oilalarga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida ushbu oilalar farzandlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ilmli va kasb-hunarli bo‘lib voyaga yetishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yosh oilalarga ibrat bo‘lish borasidagi faolligi e’tirof etildi.








