Denov tumani hokimi Anvar Normamatov “Shamoli” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
2026-04-27 11:45:00 / Yangiliklar
O‘rganish jarayonida hududda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

#Jarayon
Shuningdek, mahallani kompleks rivojlantirish, aholining turmush darajasini yanada oshirish va hududni namunaviy maskanga aylantirishga qaratilgan istiqboldagi ustuvor rejalar muhokama qilindi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.








