Obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishildi
2026-04-27 11:45:00 / Yangiliklar
Denov tumani hokimi Anvar Normamatov “Bog‘i Eram” mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”ga aylantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan master-reja loyihasi asosida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

#Jarayon
Mazkur loyiha doirasida mahallada zamonaviy infratuzilma yaratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni ko‘kalamzorlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, hududni kompleks rivojlantirish, aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, mahallani namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor rejalar muhokama qilinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.









