Rasmiy munosabat
2026-04-01 18:25:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida Denov tumani “Chuqurqishloq” mahallasida yashovchi fuqaro Axmatov Abdusalom Bazarovichning yer maydoni va turar joy hamda yordamchi binolariga bo‘lgan huquqini tiklash to‘g‘risidagi Denov tumani hokimining 2019-yil 21-maydagi №2831-sonli qaroriga asosan umumiy yer maydoni 600 kv.metr yer maydonida joylashgan 0001 literida yashash uyi – 2 xonali yashash maydoni – 28.20 kv.metr, umumiy foydalanish maydoni maydoni 36.80 kv.metr, qurilish osti maydoni 51.30 kv.metr, 0002 literida tandirxona – 12.20 kv.metr, 0003 literida molxona 17.70 kv.metr, 0004 literida xojatxona – 2.90 kv.metrdan iborat bo‘lgan turar joy hamda yordamchi binolariga mulk huquqi tan olinsin deb ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, Ko‘chmas mulk-3 dasturida 19:04:02:01:05:0251 kadastr raqami berilganligi hamda Ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida Davlat Reyestridan KO'CHIRMA berilganligi ma’lum bo‘ldi.
O’rganish davomida da’vogar “Raxmon-Taraqqiyot-Omad” CHBKning Denov tumani ma’muriy sudiga javobgar Denov tumani hokimligi va Axmatov Abdusalom Bazarovichlarga nisbatan “Denov tumani hokimining 21.05.2019 yildagi №2831-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasiga asosan №3-1905-1901/1729-sonli ma’muriy ish ko’rib chiqilib arizachi “Raxmon-Taraqqiyot-Omad” CHBK rahbari Raxmonov Olimjon Ochildiyevichning javobgar Denov tumani hokimligi va Axmatov Abdusalom Bazarovichlarga nisbatan “Denov tumani hokimining 21.05.2019 yildagi №2831-sonli qarorini haqiqiy emas, deb topish haqida’gi shikoyat arizasi qanoatlantirish haqida 2019 yil 20-avgust kunida Denov tumani ma’muriy sudining hal qiluv qarori qabul qilingan.
Fuqaro Axmatov Abdusalom Bazarovichning apellyatsiya arizasiga 2019-yil 18-oktyabrdagi 127/19-sonli Qashqadaryo viloyati ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atining Qaroriga asosan mazkur ma’muriy ish yuzasidan Denov tumani ma’muriy sudining 2019-yil 20-avgustdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz keltirilgan apellyatsiya tartibidagi shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin deb ko‘rsatib o‘tilganligi aniqlandi .
Fuqaro Axmatov Abdusalom Bazarovichga Denov tumani hokimining 2019-yil 21 -maydagi №2831-sonli qaroriga asosan umumiy yer maydoni 600 kv.metr yer maydonida joylashgan 0001 literida yashash uyi – 2 xonali yashash maydoni – 28.20 kv.metr, umumiy foydalanish maydoni maydoni 36.80 kv.metr, qurilish osti maydoni 51.30 kv.metr, 0002 literida tandirxona – 12.20 kv.metr, 0003 literida molxona 17.70 kv.metr, 0004 literida xojatxona – 2.90 kv.metrdan iborat bo‘lgan turar joy hamda yordamchi binolariga mulk huquqi tan olinsin deb ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, Ko‘chmas mulk-3 dasturida 19:04:02:01:05:0251 kadastr raqami berilganligi hamda Ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida Davlat Reyestridan KO'CHIRMA Surxondaryo viloyati Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasining 2026-yil 26-yanvardagi HK19-0097-sonli yig’ilish bayoniga asosan bekor qilingan.
“Raxmon-Taraqqiyot-Omad” CHBKga Surxondaryo viloyat hokimining 2018-yil 12-maydagi Q-362-sonli qarori bilan Denov tumani “G’alaba” massivi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo’lgan qishloq xo’jaligi xaritasining 535, 536, 526q, 538, 540, 545q,-dala konturlaridan jami 53,73 gektar, shundan 47,94 gektar sug’oriladigan ekin yer maydoni, 2,87 gektar ariq va yo’llar, 2,92 gektar boshqa yer maydonlariga chorva mollarini ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida doimoy egalik qilish huquqi bilan ajratilgan.
Xalq deputatlari Denov tumani kengashining 2024 yil VI-84-40-8-111-K/24-sonli qaroriga asosan 2024 yil 20-avgust kunida 30 yil muddatga “Raxmon-Taraqqiyot-Omad” CHBK va tuman hokimligi o’rtasida yer ijara shartnomasi tuzilib davlat ro’yxatidan o’kazilgan.
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati Denov tumani bo'limi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi va Prezidentning 17.06.2019 yildagi “Qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora tadbirlari to’g’risida”gi PF-5742-sonli farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli farmoniga asosan Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati Denov tumani bo’limi tomonidan tumanda yerlardan, ayniqsa qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan samarali va belgilangan maqsadda foydalanishini ta’minlash, noqonuniy egallanishning oldini olish bo’yicha muntazam monitoringlar o’tkazib kelinmoqda.
Xususan, Denov tumani faoliyat yuritib kelayotgan “Raxmon Taraqqiyot Omad” CHBK yer maydonlarida qonun buzilish holatlari yuzasidan nazorat tadbiri o’tkazilgan.
Aniqlanishicha, tumanning G’alaba massivi “Chuqurqishloq” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Raxmon Taraqqiyot Omad” CHBK hisobida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 540-dala konturidagi tuproq unumdorligi 69-ball bonitetli bo’lgan sug’oriladigan ekin yer maydonidan tumanning “Chuqurqishloq” MFYda yashovchi fuqaro Axmatov Abdusalom Bazarovichning turmush o’rtog’i fuqaro Chariyeva Nasiba Tojimurotovna tomonidan tegishli ruxsat beruvchi xujjatlarsiz jami 0.20 gektar yer maydonini egallab olib, 2015 yil avgust oyi holatiga 4.0x10.0=40.0 kv.metr xajmdagi uy-joy, 2016 yil fevral oyi holatiga 4.20x2.70=11.34 kv.metr xajmdagi ayvon, 2016-yil noyabr oyi holatiga 3.6x3.4=12.24 kv.metr xajmdagi tandirxona va 5.20x3.4=17.68 kv.metr xajmdagi molxona hamda 1.8x1.6=2.88 kv.metr xojatxona va 2019-yil iyun oyidan 2021-yil yanvar oylari oralig’ida o’lchami 10.0x14.0=140.0 kv.metr hajmdagi uy-joy hamda 2024 yil sentabr oyi holatiga 4.0x12.4=49.6 kv.metr xajmdagi oshxona binolari qurib olganligi holatlari aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan materillar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida 2022-yil 25-mart kuni tasdiqlangan (9-QT va
Q-T/2-05-son) “Erlardan maqsadli foydalanish va davlat kadastrlarini yuritish sohasida qonuniylikni ta'minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi Qo’shma tartibga muvofiq tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro Chariyeva Nasiba Tajimuratovnaga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilgan.
Kadastr agentligi Denov tumani bo’limi fuqaro Chariyeva Nasiba Tajimuratovna tomonidan Denov tumani G‘alaba massivi “Chuqurqishloq” mahallasida joylashgan «Raxmon-Taraqqiyot-Omad» chorvachilik bo‘rdoqichilik korxonasiga tegishli qishloq xo‘jaligi xaritasining 540-dala konturidagi sug‘oriladigan ekin yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olgan 0.20 ga yer maydonida qurilgan 4x2.7=40.0 kv.m. hajmda uy-joy, 4.2x2.7=11.34 kv.m hajmda ayvon, 3.6x4.3=12.24 kv.m hajmda tandirxona, 5.2x3.4=17.68 kv.m xajmda molxona, 1.8x1.6=2.88 kv.m hajmda xojatxona, 10.0x14.0=140.0 kv.m hajmda uy-joy hamda 4.0x12.4=49.6 kv.m hajmda oshxona binolarini buzdirish yer maydonini «Raxmon-Taraqqiyot-Omad» chorvachilik bo‘rdoqichilik korxonasiga hisobiga qaytarish haqida Fuqarolik ishlar bo'yicha Denov tumanlararo sudiga 09.07.2025 yildagi № 512-sonli da’vo ariza kiritilgan.
2025-yil 24-sentyabr kunidagi Fuqarolik ishlari bo’yicha Denov tumanlararo sudining O‘zbekiston Respublikasi nomidan Da’vogar Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat Denov tumani bo‘limining «Raxmon-Taraqqiyot-Omad» chorvachilik bo‘rdoqichilik korxonasi manfaatini ko‘zlab javobgarlar Charieva Nasiba Tojimuratovna va Axmatov Abdusalom Bazarovichlar tomonidan Denov tumani G‘alaba massivi “Chuqurqishloq” mahallasida joylashgan «Raxmon-Taraqqiyot-Omad» chorvachilik bo‘rdoqichilik korxonasiga tegishli qishloq xo‘jaligi xaritasining 540-dala konturidagi sug‘oriladigan ekin yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olgan 0.20 ga yer maydonida qurilgan 4x2.7=40.0 kv.m. hajmda uy-joy, 4.2x2.7=11.34 kv.m xajmda ayvon, 3.6x4.3=12.24 kv.m hajmda tandirxona, 5.2x3.4=17.68 kv.m hajmda molxona, 1.8x1.6=2.88 kv.m hajmda xojatxona, 10.0x14.0=140.0 kv.m hajmda uy-joy hamda 4.0x12.4=49.6 kv.m hajmda oshxona binolarini javobgarlar hisobidan majburiy tartibda buzdirish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Surxondaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025-yil 27-noyabr kunida Surxondaryo viloyati sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi o‘z binosida, mobil videokonferensia loqa rejimidagi ochiq sud majlisida, Ajrim qildi: Da’vogar Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati Denov tumani bo‘limi “Raxmon-Taraqqiyot-Omad” chorvachilik bo‘rdoqichilik korxonasi manfaatini ko‘zlab javobgar Axmatov Abdusalom Bazarovichga va javobgar Charieva Nasiba Tojimuratovnaga nisbatan “O‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani buzdirish yer maydonini asl holatiga keltirish haqida”gi da’vo arizalari bo‘yicha birlashtirilgan fuqarolik ishi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2025-yil 24-sentyabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz va berilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirish haqida sud ajrim qilganligi ma’lum qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining 140-moddasida “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha hamda O’zbekiston Respublikasi “Yer Kodeksining” 89-moddasida yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida yer xususidagi nizolar faqat sud tartibida hal etiladi deb belgilanganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuning 33-moddasiga muvofiq, yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqi borligi ma’lum qilinadi.
