Denov tumanida 2026-yil 1-mavsum uchun jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portalida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar — g‘olib loyihalar bilan tanishing.
2026-04-01 14:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi hamda Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qaroriga asosan “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom tasdiqlandi.

Tashabbusli budjet loyihasining 2026-yil 1-mavsumi uchun 1-fevraldan 20-fevral sanasigacha takliflar qabul qilindi. Ushbu davrda Denov tumani bo‘yicha jami 146 ta taklif bildirildi. Shu yilning 21-fevraldan 7-mart sanasigacha Moderatsiya jarayonlari ya’ni kiritilgan takliflar jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyasi tomonidan o‘rganilib, 140 ta taklif tanlab olindi. Ishchi komissiya a’zolari tomonidan fuqarolarning tashabbusi bilan berilgan 6 ta takliflar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli rad qilindi.
https://api-portal.gov.uz/uploads/223/2026/04/01/73a6a29a-d858-83ea-870d-55a8e799c7e9_media_.pdf
