🌱 Denov tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlar davom etmoqda
2025-12-12 15:35:00 / Yangiliklar
Tumanda ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Hududda yangi ko‘kalamzor maydonlar barpo etish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash, yo‘l yoqalarini tozalash va tartibga keltirish orqali aholiga qulay hamda xushmanzara muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

#Jarayon #Yashil_makon #Amaldagi_islohotlar
Xususan, Denov tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ilhom Safarov boshchiligida “Namozgoh” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli amaliy ishlar o‘rganildi. Ushbu yo‘nalishlarda ishlarni jadallashtirish, sanitariya holatini yanada yaxshilash va aholiga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.








