Jarayon
2025-12-12 15:30:00 / Yangiliklar
Denov tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ilhom Safarov boshchiligida tumanda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Hududlarda tozalikni ta’minlash, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish, ichki yo‘llar, yoritish tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilmani yangilash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi qat’iy nazoratga olingan.

#Topshiriq_va_ijro #Jarayon
Xususan, bugun “Denov baraka yashil olami” savdo kompleksidagi arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi bilan tanishildi. Tuman rahbari mahsulotlar narxlari va ularning sotuv jarayonlariga e’tibor qaratdi. Aholi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yarmarka orqali arzonlashtirilgan narxlarda, sifatli va yetarli hajmlarda kunlik sotilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.









