Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi

Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida zamonaviy masjid, o‘quv va konferensiya zallari, kutubxona, mehmonxonalar hamda ziyoratchilar uchun barcha zarur qulayliklar barpo etildi.
Bugungi kunda Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi nafaqat yurtimiz, balki xorijiy davlatlardan kelayotgan mehmonlar uchun ham muhim ziyorat va ma’naviyat maskaniga aylanib bormoqda. Ayniqsa, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirishda ushbu maskanning o‘rni beqiyosdir.
Bugun muqaddas qadamjo nafaqat obod va ko‘rkam ziyoratgoh, balki ma’rifat, ma’naviyat va ezgulik markaziga aylangan.
