#Kuz_qiş_mavsumi
2026-11-11 14:25:00 / Yangiliklar
Çortoq tumani hokimi Ilhomjon Sattarovning ijtimoiy soha obʼyektlarida kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişga qaratilgan örganişlari 40-umumtaʼlim maktabida davom etdi.
Örganiş davomida taʼlim muassasasidagi kömir zaxirasi, mavjud isitiş tizimlarining holati hamda mavsumni barqaror ötkaziş borasida amalga oşirilgan işlar közdan keçirildi.
Taʼlim muassasalarida qiş mavsumini muammosiz ötkaziş, öquvçilar uçun munosib va xavfsiz şaroit yaratiş doimiy eʼtibor talab etadi. Bu boradagi har bir taşkiliy iş öz vaqtida va sifatli bajarilişi, mavjud kamçiliklar esa zudlik bilan bartaraf etilişi muhimligi taʼkidlandi.






