KÖMIR ZAXIRASI YETARLI, AHOLI UÇUN BARÇA ŞAROITLAR YARATILGAN
2026-11-11 13:10:00 / Yangiliklar
Kuz-qiş mavsumida aholini kömir mahsuloti bilan uzluksiz taʼminlaş, mavjud talabni töliq qondiriş hamda uni belgilangan narxlarda yetkazib berişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Çortoq tumanida mavsum davomida aholining kömirga bölgan ehtiyojini qondiriş uçun yetarli zaxira şakllantirilgan. Bugungi kunda fuqarolarga kömirni heç qanday çeklovlarsiz, belgilangan narxlarda xarid qilişlari uçun zarur şaroitlar yaratilgan.
Tuman hokimi Ilhomjon Sattarov kömir omborida bölib, mavjud zaxira, mahsulotni aholiga yetkazib beriş jarayoni, savdo tartibi va narxlarning belgilangan talablarga muvofiqligini örgandi.
Örganiş davomida masʼullarga kömir taʼminotida uzilişlarga yöl qöymaslik, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildiriş, mahsulotni belgilangan narxlarda sotiş hamda har bir xonadonning ehtiyojini inobatga olgan holda xizmat körsatiş zarurligi taʼkidlandi.
—Kuz-qiş mavsumida aholini zarur yoqilği mahsulotlari bilan taʼminlaş şunçaki mavsumiy vazifa emas, balki odamlarning kundalik hayoti va xotirjamligi bilan bevosita boğliq masaladir. Şu bois bu boradagi işlar doimiy nazoratda bölişi lozim, — dedi tuman hokimi.





