ÇORTOQ TUMANINING TURIZM SALOHIYATI YANGI LOYIHALAR BILAN YANADA YUKSALMOQDA
2026-11-05 18:15:00 / Yangiliklar
Çortoq tumani özining betakror sölim tabiati, musaffo havosi, şifobaxş buloqlari va boy sayyohlik salohiyati bilan nafaqat vodiy, balki mamlakatimizda ham alohida öringa ega.
Keyingi yillarda hududda turizm sohasini rivojlantiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, sayyohlar uçun zamonaviy va qulay infratuzilma yaratiş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda tumanda 11 ta sanatoriy hamda 46 ta uy mehmonxonasi faoliyat körsatmoqda. Turizm salohiyati yuqori bölgan mahallalarni rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor natijasida tumanning "Oromgoh" mahallasiga ham «Turizm mahallasi» maqomi berildi.
Tumandagi uy mehmonxonalarining aksariyati aynan şu mahallada joylaşgani hududning sayyohlik jozibadorligini yanada oşirmoqda.
Ayni kunlarda mahallada yana bir zamonaviy uy mehmonxonasi öz faoliyatini boşladi.
Mahalliy tadbirkor Umidjon Ermuhammedov Xalq bankidan 500 million söm imtiyozli kredit mablaği olib, barça qulayliklarga ega, zamonaviy va yuqori darajadagi xizmat körsatiş imkoniyatlarini özida mujassam etgan 50 örinli uy mehmonxonasi taşkil etdi.
Mehmonxonada taşrif buyuruvçilarning mazmunli hordiq çiqarişi va qulay dam olişi uçun barça zarur şaroitlar mavjud.
Loyiha doirasida 10 ta yangi iş örni ham yaratildi.
Eʼtiborlisi, bunday taşabbuslar nafaqat tumanning turistik salohiyatini oşiriş, balki aholi bandligini taʼminlaş, mahalliy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va fuqarolarning daromad manbalarini köpaytirişga ham xizmat qilmoqda.










