BUGUN — YOŞLAR KUNI
2026-11-05 16:45:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda yoşlarni kasb-hunarga örgatiş, ularning bandligini taʼminlaş va mehnat bozorida öz örnini topişi uçun zarur şaroit yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, işsiz yoşlarni talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş, nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan mustahkamlaş va mustaqil daromad topişiga kömaklaşiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Çortoq tumanidagi 2-son texnikumda ham işsiz yoşlar turli yönalişlar böyiça kasb-hunarga öqitilmoqda. Taʼlim jarayonining amaliy maşğulotlar bilan uyğun taşkil etilgani yoşlarga tanlagan kasbini puxta özlaştiriş, kelgusida esa mehnat faoliyatini yölga qöyiş imkonini bermoqda.
Bugun Yoşlar kuni doirasida kasb-hunar kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoşlarga sertifikatlar hamda egallagan kasblari böyiça iş boşlaşlari uçun zarur asbob-uskunalar topşirildi.
Uşbu eʼtibor yoşlarning olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etişi, öz mehnati orqali daromad topişi va kelgusida mustaqil faoliyat yuritişi uçun muhim qadamdir.










