OILA MUSTAHKAMLIGI — JAMIYAT BARQARORLIGI VA FARZANDLAR KELAJAGINING MUHIM OMILI
2026-11-04 11:35:00 / Yangiliklar

Çortoq tumani hokimligida oilaviy ajrimlarning oldini oliş, muammoli oilalar bilan manzilli işlaş, yaraştiriş çoralarini köriş hamda bu boradagi tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytiriş masalalariga bağişlangan muhokama yiğilişi bölib ötdi.
Çortoq tumani hokimi Ilhomjon Sattarov raisligida ötgan yiğilişda tuman prokuraturasi, Içki işlar bölimi, Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman bölimi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, imomlar hamda otinoyilar iştirok etdi.
Yiğilişda söz olgan tuman hokimi oilaviy ajrimlarning oldini oliş masalasiga yuzaki yondaşib bölmasligini, har bir oila taqdiriga alohida eʼtibor va masʼuliyat bilan qaraş zarurligini taʼkidladi.
— Baʼzan bir oilani saqlab qoliş orqali bir neçta insonning taqdirini, eng avvalo, farzandlarning kelajagini asrab qolamiz. Tasavvur qiling, agar hamkorlikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan 10 ta oilani yaraştirib, ularning qaytadan bir oila bağrida hayot keçirişiga erişsak, har birida ikkitadan farzand bölgan taqdirda ham 20 nafar bolaning ota-ona mehridan ayri holda ulğayişining oldini olgan bölamiz. Bu oddiy raqam emas, bu — 20 nafar bolaning baxtli bolaligi, soğlom muhitda kamol topişi va kelajagi degani. Şuning uçun har bir murojaatni, har bir oilaviy nizoni öz vaqtida örganişimiz, odamlar bilan yuzma-yuz suhbatlaşişimiz, ularni yaraştiriş uçun barça imkoniyatlarni işga solişimiz kerak. Bu borada heç bir idora özini çetga olmasligi, barçamiz bir maqsad yölida hamjihatlikda işlaşimiz şart, — dedi tuman hokimi.
Şuningdek, mahallalarda oilalar bilan işlaşda rasmiyatçilikka yöl qöymaslik, nizolarning asl sabablarini çuqur örganiş, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlarida yuzaga kelayotgan kelişmovçiliklarni barvaqt aniqlaş, zarur hollarda mutaxassislarni jalb etgan holda manzilli yordam körsatiş muhimligi qayd etildi.
Muhokama davomida iştirokçilarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Tuman boş imomi ham oilani asrab-avaylaş, er-xotin örtasida mehr-oqibat va özaro hurmatni mustahkamlaş har bir insonning maʼnaviy burçi ekanini taʼkidlab, bu yöldagi xayrli saʼy-harakatlar savobli amallardan ekanini qayd etdi.
Yiğiliş yakunida har bir muammoli oilani alohida örganiş, ular bilan şaxsan uçraşiş, muammolarning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş va ijobiy hal etiş böyiça aniq vazifalar belgilab olindi.
Masʼul idoralar, mahalla faollari va diniy soha vakillari hamkorligida tizimli iş taşkil etiş, oilalarni yaraştirişga qaratilgan tarğibot tadbirlarini kuçaytiriş, «Xavfsiz va soğlom yurt» oyligi doirasida profilaktik işlarning samaradorligini oşirişga kelişib olindi.
Zero, saqlab qolingan har bir oila — asrab qolingan bir taqdir, baxti butun bölgan farzandlar va jamiyat kelajagiga qöşilgan muhim hissadir.









