Chortoq tumanida «Talabalar ligasi» musobaqalari davom etmoqda
2026-10-15 16:25:00 / Yangiliklar
Chortoq sport maktabida Yoshlar kuni doirasida tumandagi texnikumlar talabalari o‘rtasida sportning bir qator turlari bo‘yicha «Talabalar ligasi» musobaqalari tashkil etilmoqda.
Musobaqalar stol tennisi, yengil atletika, voleybol, stritbol, shaxmat va shashka yo‘nalishlarini qamrab olgan.
Tuman hokimi Ilhomjon Sattarov musobaqalarning ochilish marosimida ishtirok etib, yoshlarga omad tiladi.
Mazkur musobaqalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy salohiyatini namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda talabalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda musobaqalar qizg‘in va murosasiz bahslar bilan davom etmoqda.







