«Biz giyohvandlikka qarshimiz!» — yoshlar ishtirokida bayram tadbiri
2026-10-08 23:50:00 / Axborot xizmati
Chortoq tumanidagi Sport maktabi o‘yingohida «Biz giyohvandlikka qarshimiz!» shiori ostida yoshlar ishtirokida keng qamrovli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida turli sport musobaqalari, ko‘ngilochar dasturlar, harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda konsert dasturi namoyish etildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tadbirda ishtirok etib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etishga xizmat qilayotgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.
Bayram dasturida taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir doirasida «Bir oy — to‘rt mahalla» dasturi bo‘yicha viloyat miqyosida eng faol mahallalar yoshlar yetakchilari tashakkurnoma va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Chortoq tumanining Baliqko‘l mahallasiga «Turizm mahallasi» maqomini beruvchi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.
Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va ularni zararli illatlardan asrashga qaratilgan tadbir bayramona kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.









