Zamonaviy sport maydoni — yoshlar ixtiyorida
2026-09-10 11:45:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, mahalla faollari, nuroniylar, sportchi yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ramziy lenta qirqilib, yoshlar uchun yaratilgan yangi sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Sportda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi.
Nuroniylar tomonidan yurtimizda yosh avlod tarbiyasi, sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlab, xayrli ishlar bardavom bo‘lishini tilab duolar qilindi.
Bugun Chortoq tumanida foydalanishga topshirilayotgan har bir zamonaviy inshoot, avvalo, inson qadrini yuksaltirish, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish va mahallalar infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Ushbu sport majmuasi ham yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yangi sport iste’dodlarini kashf etishda muhim maskan bo‘ladi.









