Chortoq tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tashkil etilgan shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.
2026-09-10 11:15:00 / Yangiliklar
Yig‘ilishda tuman hokimi Ilhomjon Sattarov tomonidan kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, ularning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni mahallaning o‘zida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, har bir mahalla va oila kesimida aniq natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish, aholiga doimiy daromad keltiradigan loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Mas’ullarga har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklanib, belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish, ishlarni amaliy natija asosida tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Asosiy mezon — kambag‘al oilalar sonini qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish orqali har bir xonadonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdan iborat.










