DIQQAT E’LON
2026-08-18 13:50:00 / Yangiliklar
Chortoq tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan 2026-yil iyun-dekabr oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chortoq tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabuli o‘tkaziladi.
Qabullar haftaning belgilangan kunlarida, soat 10:00 dan 12:00 gacha amalga oshiriladi.
Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va murojaatlar yuzasidan qabullarda ishtirok etishlari mumkin.
📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chortoq tumanidagi Xalq qabulxonasi
Murojaatingiz e’tibordan chetda qolmaydi. Birgalikda yechim topamiz!

