Арча унсимон қурти (Планоcоccус вовае)
2026-07-27 08:05:00 / Yangiliklar
Archa unsimon qurti (Planococcus vovae)
Unsimon qurtlar zarari natijasida ajratilgan shirada tez-tez zamburug‘lar joylashib, ba’zan barg sathini butunlay o‘raydi. Igna bargli daraxtlarda shu davrda fotosintez jarayoni yetarlicha bo‘lmaydi. O‘simlikning bioximik balansiga unsimon qurt chiqargan shiralar kuchli zarar keltiradi. Juda ko‘p sonda joylarda yig‘ilgan unsimon qurtlar o‘simlikning jiddiy zararlanishiga sabab bo‘ladi. Hasharotlarning ommaviy rivojlanish davrida igna barglar qo‘ng‘ir tusga kirib to‘kila boshlaydi, ularga mikroorganizmlar o‘rnashib olib qorayadi, daraxtlar manzaralilik hususiyatini yo‘qotadi. Yozning o‘rtalarida katta yoshdagilari paydo bo‘ladi. Urg‘ochilari urug‘langandan keyin qalin shoxlarga o‘tib, tuxum qobig‘larini tashkil qilib yozning oxirigacha tuxum qo‘yadi. Ular o‘rtacha 90-220 ta tuxum qo‘yadi. Kuzda ulardan qurtlar chiqib, ma’lum vaqt rivojlanadi va qishlovga tayyorgarlik ko‘radi. O‘zbekiston sharoitida, yilning kelishiga qarab, 4-5 ta avlod berib, ko‘payadi. Manzarali daraxtlarni unsimon qurtlar va boshqa har xil koksid turlari ham zararlaydi. Vegetatsiya davrida (har 10 sm da 8-15 donagacha zararkunanda aniqlanganda) ta’sir etuvchi moddasi mineral moy bo‘lgan Ovipron 200 (800 g/l k.e.) 10-15 l/ga Alipro, Preparat-RR1 em. k. 10-15 l/ga yoki Preparat №30, Desis, 2,5 % s.e. k. 0,5-1,0 l/ga, Karbofos, 50 % em. k., 1,0-3,0 l/ga., Bi-58 (yangi), 40% em. k. 1,5-2,0 l/ga, Bagira 20% s.e. k. 0,3-0,4 l/ga, Imitrin, 20%sus.k, 0,3-0,4 l/ga, Tanrek, 20% em. k. 0,2-0,3 l/ga, Nurell-D, 55% em. k., 1,5-2,0 l/ga, Karate 5 % em. k. 0,5-0,7 l/ga., Siperfos 55% em. k., 1,0 l/ga, Fufanon, 57% em. k. preparatidan gektariga 1,5-2,0 l/ga, Mospilan 20% n. kuk. 0,2-0,3 kg/ga preparatlarini tavsiya etilgan me’yorlarda purkash (bir mavsumda 2-3 marotaba 10-15 kun oralatib zararkunanda yo‘qolguncha) tavsiya qilinadi.

Namangan viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Chortoq tumani bo‘limi fitosanitar nazorat davlat inspektori Gavxarov Dilshodbek
