Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-07-07 13:05:00 / Yangiliklar
Chortoq tumani hokimi Ilhomjon Sattarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chortoq tumanidagi Xalq qabulxonasida belgilangan reja grafigiga asosan shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Bunday qabullar aholi muammolarini bevosita o‘rganish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, dolzarb masalalarga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etib, fuqarolar uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, subsidiya, moddiy yordam, nogironlik nafaqasi hamda ijtimoiy hayotga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ko‘plab murojaatlar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar esa mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yakunida mas’ullarga murojaatlar ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda aholi roziligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.









