DXX kubogi respublika bosqichi musobaqalarida Chilonzor yoshlari g‘alabalarga erishmoqda
2025-08-21 14:10:00 / Yangiliklar
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogining hal qiluvchi respublika bosqichi davom etmoqda.

Final bosqichi uchun saralab olingan 42 ta jamoa o‘rtasida qizg‘in musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning Respublika bosqichida poytaxtimiz sha’nini himoya qilayotgan Chilonzor tumani jamoasi musobaqalarda ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritmoqda.
Dastlab Toshkent viloyatilik yoshlarni 4:0 hisobda mag‘lub qilgan futbolchilarimiz kuni-kecha Navoiy viloyati yoshlarining futbol jamoasini 2:0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Tuman hokimligi nomidan tumanimiz yoshlarini ushbu g‘alabalar bilan qutlaymiz va keyingi musobaqalarda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.




