Chilonzor tumani hokimi va mas’ullar Milliy bog‘ hududida o‘rganish o‘tkazdi
2025-08-19 15:55:00 / Yangiliklar
Eng ulug‘ bayramimiz nishonlanadigan sanaga ham oz kunlar qoldi. Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalariga ko‘ra ayni paytda yurtimizning barcha sarhadlarida Mustaqillik bayramini munosib kutib olishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, tumanimizda ham bayramda aholi ko‘p to‘planadigan joylarning har tomonlama xavfsizligi va obodonchiligi holatlari tuman hokimi va mas’ullar tomonidan o‘rganilmoqda.
Bugun tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va tegishli mas’ullar tomonidan tumanimizdagi Milliy bog‘ hududda aholi bayram kunlari sayr qilishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bog‘ ma’muriyatiga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


