TOSHKENT SHAHRI CHILONZOR TUMANI HOKIMINING QARORI
2026-11-20 10:45:00 / Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI CHILONZOR TUMANI HOKIMINING QARORI
2026-yil 19-noyabr
306-14-204-Q/26
Chilonzor tuman hokimligi Chilonzor tumanining rasmiy logotipini yaratish bo‘yicha ochiq tanlov tashkil etish to‘g‘risida
Chilonzor tumanining o‘ziga xosligi, tarixi, madaniy merosi, zamonaviy qiyofasi va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini aks ettiruvchi rasmiy logotipni ochiq va shaffof tanlov asosida yaratish hamda g‘olibni rag‘batlantirish hamda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 16-noyabrdagi III-27-107-14-204-K/26 sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida,
QAROR QILAMAN:
1. Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 16-noyabrdagi III-27-107-14-204-K/26-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Chilonzor tumanining rasmiy logotipini yaratish bo‘yicha ochiq tanlovni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Chilonzor tumanining rasmiy logotipini yaratish bo‘yicha ochiq tanlovni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tanlov komissiyasi tarkibi, vazifalari hamda ish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari (M. Kamilov) tanlovni Nizom talablariga muvofiq tashkil etilishi va o‘tkazilishi ta’minlansin;
Tanlov g‘olibiga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida mukofot puli berilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
4. Tanlov g‘olibiga mukofot puli Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2026-yil 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilsin.
5. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (M. Abdukadirov)ga mukofot pulini moliyalashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan qo‘shimcha budjet manbalari mavjudligini o‘rganish;
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanishga oid talablarni, shu jumladan Budjet kodeksining 119 va 126-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olish;
Zarurat bo‘lganda, mablag‘ ajratish va budjet parametrlariga o‘zgartirish kiritish masalasini vakolatli organga belgilangan tartibda kiritish;
Ğolib aniqlangandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda mukofot pulini to‘lash choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilganligi inobatga olinsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari M. Kamilov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi
X. Inogamov
