Chilonzor tumanida fuqarolar qabuli o'tkazildi.
2026-07-22 17:00:00 / Yangiliklar
Chilonzor tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirzoxid Kamilov tomonidan tuman fuqarolari bilan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 10 nafar murojaatchi turli masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi. Har bir murojaat batafsil o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.




