Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Chilonzor tumani hokimi hamda tuman hokimi o‘rinbosarlarining fuqarolar qabullari o‘tkaziladi.
Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
— Haftaning har Juma kuni 16:00–18:00 gacha Chilonzor tumani hokimining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har Seyshanba kuni 15:00–17:00 gacha Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har Chorshanba kuni 16:00–18:00 gacha Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har Payshanba kuni 14:00–16:00 gacha Chilonzor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har Seshanba kuni 10:00–12:00 gacha Chilonzor tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har Duyshanba kuni 15:00–17:00 gacha Chilonzor tumani hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar, ushbu qabul kunlarida o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
💬 Obyektiv sabablar tufayli shaxsiy qabullar o‘tkazish imkoni bo‘lmaganda, qabul boshqa kunda navbatdan tashqari tashkil etiladi va belgilangan tartibda oldindan e’lon qilinadi.