Bugun Payshanba - Yoshlar kuni munosabati bilan Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Abdukadirov "Nafosat" MFY yoshlar yetakchisi bilan uyma-uy yurgan holda mahalladagi 4 nafar ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularni o‘z mutaxassisligi va qiziqishidan kelib chiqqan holda tuman hududidagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlarga manzilli ishga joylashtirish uchun yo‘naltirildi.
Xususan, Usmanova Anastasiya va Xalmirzaev Sardor "Korzinka" savdo markaziga bo'sh ish o'rinlariga, Xasanova Dildora "Ko‘rkam" MFY hududida “BORUX-TRADE” MCHJ tomonidan ishga tushirilgan mehmonxonaga ishga kirish uchun "MERI POPPINS" o'quv markaziga o'qishga hamda Safarov Murodjon reklama agentligiga bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirildi va natijasi yuzasidan kunlik nazorat o‘rnatildi.