Maxsus komissiya yig’ilishi
2026-01-17 16:45:00 / Yangiliklar
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq solish bazasini kengaytirish, foydalanilmayotgan zahiralarni safarbar qilish orqali budjetga jalb qilinishi kutilayotgan qo‘shimcha daromadlarni ta’minlash maqsadida “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha” maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, Chilonzor tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIOFMB, tuman Soliq inspeksiyasi, Departament, banklar va boshqa masul idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, yashirin iqtisodiyot darajasini qisqartirish, qo‘shimcha manbalarni aniqlash va undirish hamda soliq qarzdorligini bartaraf etish ahvoli batafsil muhokama qilinib, yig‘ilish yakunida mas’ullarga barcha yo‘nalishlarda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirish ishlarini yanada kuchaytirish haqida topshiriqlar berildi.


