Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish biznes rejasi ijrosi muhokama qilindi
2026-01-12 15:35:00 / Yangiliklar

👉👉👉 Yig‘ilishda tumanni 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan biznes rejaning ijrosi muhokama qilindi va har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
⬅️ Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, joriy yilda tumanimizda mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga "Lutfiy" mahallasida joylashgan 12-sonli madaniyat markazi o‘rnida 180 o‘rinli davlat MTT qurilishi, "Al Xorazmiy" mahallasida joylashgan 126-sonli umumta’lim maktabining bo‘sh turgan maydonida 990 o‘rinli qo‘shimcha maktab binosi qurish, "3-Katta Chilonzor" mahallasidagi sport maktabining bo‘sh turgan maydonida 240 o‘rinli sport majmuasi qurish ishlari rejalashtirilgan.
⬅️ Shuningdek, "Obod mahalla" dasturi doirasida "Diyor", "Fidokor", "Nafosat" mahallalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi ham rejaga kiritilgan. Bundan tashqari, Markaziy ko‘chalarni yagona dizayn kodga olib kelish bo‘yicha Muqumiy ko‘chasining 2, 5 kilometr qismi yangi va zamonaviy qiyofaga keltiriladi.
⬅️ Shu bilan birga, "Qatortol" ko‘chasining 1 kilometr qismi, Cho‘ponota ko‘chasining 2, 5 kilometr qismi, KXAY ko‘chasining 0, 7 kilometr qismi turizm ko‘chasiga aylantiriladi.
⬅️ Davlat-xususiy sheriklik asosida 15 ta MFYning idoralari zamonaviy qiyofada qurib beriladi. Aholi hordiq chiqarishi uchun To‘xtagul ko‘chasining 0,7 kilometr qismi, Seul ko‘chasining 1, 7 kilometr qismida soyali sayr ko‘chalari barpo etiladi.
⬅️ "Bekto‘pi", "Lutfiy", "Beshqo‘rg‘on", "Yakkatut" mahallalari hududlarida bog‘lar barpo etiladi hamda "Bo‘rijar", "Katta Navbahor", "Fidokor", "Lutfiy", "Bekto‘pi" mahallalari hududlarida favvoralar qurilishi ham rejaga kiritilgan.
⬅️ Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 34 ta mahalla hududida dala do‘konlari tashkil etiladi. "Oqtepa" kanali qirg‘oqlari bo‘ylab 0,9 kilometr, "Bo‘rijar" kanali sohillarining 3, 3 kilometr qismi obodonlashtirilib, sayilgohlarga aylantirilishi ko‘zda tutilgan.
👉👉👉 Joriy yilda tumanimiz aholisi, hokimlik, MFYlar yettiliklari va barcha tashkilotlar hamkorlikda, hamjihatlikda halollik, g‘ayrat hamda shijoat bilan faoliyat olib borsak, albatta ushbu biznes rejada ko‘zda tutilgan barcha marralarga erishamiz va tumanimiz har tomonlama rivojlanadi.

